Nippon Paint × Betek
Har kuni 08:00–19:00 · ikki showroom

Betek × Nippon Paint

01/ 05

Rang va sifat san'ati.

Olmazordagi showroomimizda Betek va Nippon Paint bo'yoqlari, rang panellari va dekorativ qoplamalarni jonli ko'ring. ColorLab'da istalgan tusni aralashtiramiz.

Katalog

    Showroomdagi brendlar

    Barcha brendlar

    Mahsulot yo'nalishlari

    Har bir yuza uchun to'g'ri yechim

    Butun katalog

    Showroom bo'ylab

    Olmazor showroomi ichidan

    Rasmni bosing — kattalashadi va qaysi zona ekanini ko'rasiz.

    Virtual sayohat

    Showroom bo'ylab yurib chiqing

    Yonib turgan nuqtalarni bosing — u yerdagi mahsulot va rang haqida ma'lumot chiqadi. Zonalar orasida strelkalar yoki pastdagi tugmalar bilan o'ting.

      Logotiplar o'rniga brend nomlari ko'rsatilgan. Ba'zi brendlarning mahsulotlari katalogga hali kiritilmagan — mavjudligini showroomdan so'rang.

      Dizaynerlar, arxitektorlar va studiyalar uchun

      Betek Olmazor Dizaynerlar klubi

      Loyihalaringiz uchun yopiq hamkorlik dasturi: shaxsiy menejer, rang veyerlari va namunalar, loyiha bo'yicha hisob-kitob va mijozingiz bilan showroomda uchrashuv. Shartlar har bir hamkor bilan alohida kelishiladi.

      Showroomdagi aylanuvchi rang panellari
      Rang panellari · Olmazor showroom
      • 01

        Shaxsiy menejer

        Loyihangizni bitta mutaxassis olib boradi: mahsulot tanlash, kolerovka, yetkazib berish muddati.

      • 02

        Rang veyerlari va namunalar

        Betek, OIKOS, Valpaint, NCS, RAL va 200 dan ortiq jahon rang veyerlari bilan ishlash, tanlangan tuslardan namuna kartalari.

      • 03

        Rang va tekstura fayllari

        Har bir rang uchun HEX va katalog kodlari, dekorativ qoplamalar tekstura suratlari — vizualizatsiya va 3D sahnalar uchun so'rov bo'yicha.

      • 04

        Loyiha hisob-kitobi

        Chizma yoki maydon bo'yicha bo'yoq va gruntovka sarfini hisoblab, smeta tayyorlab beramiz.

      • 05

        Mijoz bilan uchrashuv

        Mijozingizni showroomga olib keling — ColorLab'da ranglarni birga tanlaymiz va shu yerning o'zida aralashtiramiz.

      • 06

        Obyektga yetkazish

        Buyurtmalarni Toshkent bo'ylab obyektga bepul yetkazamiz, kerak bo'lsa ishonchli usta brigadasini tavsiya qilamiz.

      1. ArizaFormani to'ldiring — portfolio yoki Instagram havolasi bilan.
      2. TanishuvMenejer qo'ng'iroq qilib, ish formatingiz va loyihalaringiz haqida so'raydi.
      3. HamkorlikShaxsiy shartlar va klub a'zoligi tasdiqlanadi — birinchi loyihadan boshlaymiz.

      Klubga ariza

      Qurilish kompaniyalari · pudratchilar · developerlar

      Yirik obyektlar uchun bo'yoq ta'minoti va hamkorlik

      Betek, Nippon Paint, Valpaint, Oikos, Filli Boya va Inoria mahsulotlarini to'g'ridan-to'g'ri ombordan, obyekt jadvaliga moslab yetkazamiz. Hajm, muddat va to'lov shartlari har bir loyiha uchun alohida kelishiladi.

      Hamkorlik so'rovi

      Bizga ishonch bildirgan kompaniyalar

      • 01

        Ulgurji xarid

        Katta hajmdagi buyurtmalar uchun maxsus narx, kolerovka va qadoqlash — bitta hisob-faktura bilan.

      • 02

        Yirik obyektni bo'yash

        Usta brigadalari, materiallar sarfi hisob-kitobi va ish jarayonida texnik nazorat.

      • 03

        Doimiy ta'minot

        Shartnoma asosida jadval bo'yicha yetkazib berish va obyekt uchun zaxira mahsulot.

      • 04

        Texnik qo'llab-quvvatlash

        Tizim tanlash (gruntovka → bo'yoq), sinov namunalari va mahsulot hujjatlari.

      • 05

        Shaxsiy menejer

        Har bir korporativ mijozga bitta mas'ul menejer — so'rovlar, hujjatlar va yetkazish nazorati.

      • 06

        Hujjatlar va to'lov

        Shartnoma, hisob-faktura va bank o'tkazmasi orqali to'lov.

      Qanday ishlaymiz

      1. So'rovKompaniya va obyekt haqida qisqa ma'lumot qoldirasiz.
      2. Hisob-kitobMenejer obyekt hajmi bo'yicha mahsulot tizimi va sarfni hisoblab beradi.
      3. TaklifNarx, muddat va yetkazish jadvali bilan tijorat taklifi yuboriladi.
      4. ShartnomaShartnoma imzolanadi — yetkazish jadval bo'yicha boshlanadi.

      Hamkorlik so'rovi

      Menejer ish kuni davomida bog'lanadi.

      Hamkorlik turi

      Rang kombinatsiyalari

      Bir-biriga mos ranglar — tayyor juftliklar

      Dizaynerlarimiz tanlagan 2–3 rangli to'plamlar. Birinchi rang devorda ko'rsatilgan, qolganlari — aksent devor, eshik, mebel yoki tekstil uchun. Barcha kodlar Betek Interior veyeridan: showroomda shu kod bo'yicha aralashtiramiz.

      Devor rangi fotoda dasturiy ko'rsatilgan — ekran va yorug'likka qarab tus biroz farq qiladi. Aniq rangni showroomda veyer bo'yicha tasdiqlaymiz.

      Dizayn uslublari va tayyor interyerlar

      Uslubingizni toping — ranglari bilan

      Yoqqan interyerni tanlang: undagi ranglar Betek showroomidagi NCS katalogi kodlari bilan berilgan. Rang doirachasini bosing — ma'lumot chiqadi, devorda sinab ko'rasiz yoki butun to'plamni bitta tugma bilan so'raysiz.

      Interyer suratlari ilhom uchun (Unsplash). Ranglar fotodan o'lchangan va eng yaqin NCS kodiga moslangan — aniq tusni showroomda veyer bo'yicha tasdiqlaymiz.

      Rang tanlash viktorinasi

      3 savol — sizga mos Betek palitrasi

      Xona, kayfiyat va yorug'likni tanlang. Tizim Betek Interior veyeridagi 1198 rangdan sizga mos 4 ta rangli tayyor palitra va bo'yoqni tavsiya qiladi.

        Xizmatlar

        Bo'yoqdan tashqari — hammasi biz tomonda

        Rang vizualizatori

        Bo'yashdan oldin devorda ko'ring

        Namuna xonada sinang yoki o'z xonangiz rasmini yuklang: devorni bosing — u tanlangan rangga bo'yaladi. Soya va yorug'lik saqlanadi.

        Rasm yuklanmoqda…

        O'ngdan rang tanlang — devor shu rangga bo'yaladi. Boshqa devorni bosib, uni ham bo'yashingiz mumkin

        Rang veyerlari

        Kolerovka qiladigan rang kollektsiyalari

        200 dan ortiq jahon rang kataloglari: veyerni tanlang, kod bo'yicha qidiring yoki rang oilasini oching. Bosilgan rang vizualizatorda devorga tushadi — ColorLab'da shu kod bo'yicha aralashtiramiz.

        Barcha rang kataloglari

        Katalog

        Betek va Nippon mahsulotlari

        • Yetkazib berish bepulToshkent shahri bo'ylab
        • O'zim olib ketamanOlmazor showroomidan, 10:00–18:00
        • Kolerovka ~30 daqiqaTanlagan rangingizda tayyorlaymiz
        • To'lov olganingizdaNaqd, karta, Click yoki Payme

        Muammoga yechim

        Devoringizga nima kerak — tayyorlovdan bo'yashgacha

        Xona yoki devor muammosini tanlang: qaysi gruntovka va qaysi bo'yoq ishlatilishi, qadamba-qadam.

        Uyga borib bo'yab berish

        Ustalarimiz qanday ishlaydi

        Narx devor holati va hajmiga qarab, usta ko'rib chiqqandan keyin kelishiladi.

          Showroomdagi bo'yoqlar va bo'yash asboblari stendi

          Ishga nimalar kiradi

            Sarf kalkulyatori

            Qancha bo'yoq kerak — 30 soniyada

            Hisob katalogdagi rasmiy sarf me'yorlari bo'yicha. Narxni maslahatchi aytadi.

            1

            Bo'yoqni tanlang

            2

            Maydonni kiriting

            Surish usuli
            3

            Natija

            Betek showroomidagi mehmonlar zonasi va rang panellari

            Bepul xizmat

            Rang tanlashda mutaxassis yordami

            • Xona, yorug'lik va mebelga mos rang
            • To'g'ri bo'yoq turi va sarf hisobi
            • Telefon orqali yoki showroomda
            1 / 3
            Sizga nima kerak?
            Obyekt haqida
            Qayerga qo'ng'iroq qilaylik?

            Mutaxassis 1 ish kuni ichida bog'lanadi. Saqlangan ranglaringiz ham arizaga qo'shiladi.

            Betek Nippon Olmazor showroomi binosi
            Betek Nippon Olmazor · showroom binosi

            Showroomga taklif

            Olmazor showroomimizga keling — ranglarni jonli ko'ring

            Rang panellari, namunalar devori va ColorLab bir joyda. Maslahatchi rang va bo'yoqni tanlab, kerakli miqdorni hisoblab beradi. Tanlagan rangingizni shu yerning o'zida aralashtiramiz.

            • ·